Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Trampning migrantlar bo‘yicha farmonini bloklab qo‘ydi
Foto: REUTERS
Sud AQSh prezidenti Donald Trampning noqonuniy migrantlarga siyosiy boshpana taqdim etishni cheklovchi farmonini vaqtinchalik bloklab qo‘ydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bunday qaror San-Frantsisko okrug sudyasi tomonidan qabul qilingan.
Hozirgi paytda farmon aynan qachon bloklab qo‘yilishi ma'lum emas.
Avvalroq, Amerika fuqarolik huquqlarini himoya qilish uyushmasi AQSh-Meksika chegarasidan kesib o‘tayotgan noqonuniy migrantlarga boshpana taqdim etishdan bosh tortgani uchun Trampga qarshi da'vo arizasi bilan chiqqandi.
Oq uydan tushuntirishlaricha, farmon boshpana taqdim etish tizimi bu boradagi ko‘plab «asoslanmagan murojaatlar» tufayli «haddan tashqari yuklangani» sababli kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampda yangi raqib paydo bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:33
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026