Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi
Toshkentda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi Xitoy elchixonasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta'lim vazirligi, xorijiy va mahalliy oliygohlar rahbariyati ishtirok etdi.

KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, tadbirni Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti (ToshDShI) rektori, professor A.Mannonov ochib bergan. U O‘zbekistondagi xitoyshunoslik maktablari, O‘zbekiston va Xitoy do‘stona aloqalari haqida so‘zlab, keyingi hamkorlikka doir takliflari bilan bo‘lishdi.
Mannonov O‘zbekiston va Xitoy ilmiy markazlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida ToshDShIda o‘zbek-xitoy fakultetini ta'sis etish, xitoy filologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha double degree diplomini olish mexanizmi va o‘quv rejalarini hamkorlikda ishlab chiqishni taklif qildi.
Shuningdek, o‘zbek auditoriyasi uchun xitoy tilidagi va xitoy auditoriyasi uchun o‘zbek tilidagi yangi akademik o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda davom etish kerakligi ta'kidlandi. So‘nggi yillarda xitoy tili, tarixi, adabiyoti, iqtisodiyoti va geografiyasiga oid 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanmasi chop etilgani qayd etildi.
Bundan tashqari, XXR manfaatlari yo‘lida ToshDShIning sharqshunoslik, jumladan afg‘on, arab, hind, fors va turk filologiyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga doir pedagogik salohiyatini o‘rganish zarurligi haqida so‘z yuritildi.

TDShI huzuridagi Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti direktori Saodat Nosirovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik aloqalarga 27 yil to‘lishi munosabati bilan bu yil ham an'anaviy tarzda xalqaro darajadagi konferensiya o‘tkazilgan. Maqsad – O‘zbekiston-Xitoy maktabini dunyoga tanitish, yoshlarning ilmiy ishlariga amaliy yordam ko‘rsatish, ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va ilmiy yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada mustahkamlash.
“Bu yil nafaqat Xitoyning Lanchjou universitetidan, balki Rossiyaning Volgograd hamda Qozon universitetlari mutaxassislari ham anjumanga tashrif buyurishdi”, - deydi u.
Dosentning ta'kidlashicha, joriy yilning o‘zida Xitoy tomonidan 300 dan ortiq ta'lim grantlari bo‘yicha o‘rin ajratilgan. Bugungi kunda 10 mingdan ziyod O‘zbekiston yoshlari Xitoyning turli oliygohlarida tahsil olmoqda.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026