Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar chegaradan tilla va zargarlik buyumlari olib o‘tishga uringan shaxslarni fosh etishdi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tilla va zargarlik buyumlarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishning oldini olish borasida muntazam tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
«Yaqinda «Shovot» chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan M.B.ning ortiqcha bezovtalanishi bojxonachilarda shubha uyg‘otganligi sababli, u xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs kiyimlari ichidan qo‘lining yuqori qismiga 167,6 gramm tilla zanjirlarni bog‘lagancha yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgani fosh etildi», deyiladi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Ushbu qonunbuzar yana bir fuqaro Sh.M.ni ham o‘z rejasiga sherik qilgani ma'lum bo‘lgan. Sh.M M.B.ning iltimosiga ko‘ra, o‘ziga tegishli bo‘lmagan 98,95 gramm tilla zanjirni bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tib bermoqchi bo‘lgani fosh qilingan.
«Qonunbuzarlardan jami og‘irligi 266,55 gramm bo‘lgan qiymati 58 641 000 so‘mlik tilla taqinchoqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi», deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026