Jahon | 12:29 / 22.11.2018
2791
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Janubiy Koreya KXDR bo‘yicha uchrashuvlar jadvalini tayyorladi

Foto: Yonhap

AQSh va Koreya Respublikasi ishchi guruhlari Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyat bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun har oyda ikki marta uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda rasmiy manbalarga asoslanib, «Ryonxap» agentligi xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, ishchi guruhlar muhokamalarining asosiy mavzularidan biriga Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya diplomatik idoralari ishini muvofiqlashtirish aylanadi. Shuningdek, mamlakatlar vakillari Koreya yarim orolini yadrosizlantirish va Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar haqida ma'lumot almashishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada o‘nta qo‘riqlash punktini portlatib yuborgani xabar berilgandi.

Shimoliy Koreya hukumati mintaqadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha Koreyalararo bitim doirasida Janubiy Koreya bilan chegaradagi qurolsizlantirilgan hududda o‘nta qo‘riqlash punktini yo‘q qilib tashlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid