Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada rekord miqdordagi davlat byudjyeti qabul qilindi
Bundestag Germaniyaning 2019 yil uchun 356,4 mlrd yevrolik davlat byudjyetini qabul qildi. Bu 2018 yilgi byudjyetdan 13 mlrd dollar ko‘proqdir.
Byudjyet uchun 366 deputat, asosan hukmron koalitsiya a'zolari ovoz berdi, 284 deputat qarshi chiqdi.
Koalitsiya keyingi yilda ijtimoiy ehtiyojlar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mudofaa uchun xarajatlarni oshirmoqchi.
Germaniya mudofaa byudjyeti 2019 yilda joriy yildagi 38,5 mlrd yevrodan 43,2 mlrd yevrogacha oshadi (12 foizlik oshish). Qo‘shimcha mablag‘lar yangi kemalar va transport vertolyotlari xarid qilishga yo‘naltirilmoqchi.