Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya bosh vaziri 32 yil ichida ilk bor Kubaga tashrif buyurdi
Foto: REUTERS
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches 22 noyabrda Kubaga rasmiy tashrif bilan yetib keldi. TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, Ispaniya bosh vaziri samolyoti Gavana aeroportiga kelib qo‘ngan. Bosh vazirga Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozep Borrel va sanoat, savdo va sayohat vaziri Reyyes Maroto hamrohlik qilmoqda.
Sanches rasmiy muzokaralarni boshlash oldidan Kuba milliy qahramoni Xose Marti haykali poyiga gulchambar qo‘ygan, so‘ngra delegatsiya Inqilob saroyiga yo‘l olgan. U yerda Ispaniya bosh vaziri tantanali vaziyatda Kuba yetakchisi Migel Dias-Kanel tomonidan qabul qilingan.
Sanches va Dias-Kanelning muzokaralari yopiq eshiklar ortida o‘tgan. Ikki tomon muzokaralar yakunlariga ko‘ra, davlatlar o‘rtasida hamfikrlik va ikki tomonlama maslahatlashuvlar, madaniy hamkorlik haqidagi memorandumlarni imzolashgan.
Sanchesning Kubaga safari Ispaniya bosh vazirlarining Kubaga oxirgi 32 yil ichidagi ilk rasmiy tashrifi bo‘ldi. Oxirgi marta bunday tashrifni 1986 yilda Felipe Gonsales amalga oshirgan.
Mavzuga oid
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
20:46 / 30.04.2026
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Madridda 180 ta xonadonga egaligi ma’lum bo‘ldi
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
17:37 / 17.04.2026