Kubaning davlat elektr operatori Unión Eléctrica ma’lum qilişiça, 6 iyul kuni mamlakatning yagona elektr tarmoği töliq işdan çiqqan. Hozirda mamlakat böylab elektr ta’minotini bosqiçma-bosqiç tiklaş işlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, avariya sabablari hali aniqlanmagan. Mutaxassislar texnik nosozlik yuzasidan tekşiruv ötkazmoqda.

Mamlakatdagi navbatdagi energetik inqiroz AQŞ tomonidan Kubaga nisbatan iqtisodiy va siyosiy bosim kuçaytirilgan davrga töğri keldi. Kuba hozirda içki ehtiyoj uçun zarur yoqilğining atigi 40 foizini mustaqil ta’minlay oladi.

2026 yil yanvaridan buyon AQŞ sanksiyalari tufayli orolga faqat bitta Rossiya tankeri orqali neft yetkazib berişga ruxsat berilgan. Mart oyi oxirida keltirilgan 730 ming barrel neft zaxirasi may oyiga kelib töliq sarflab bölingan.

Şu sababli mamlakatda elektr stansiyalari uçun yonilği yetişmovçiligi yanada kuçaygan. May oyida Kuba hukumati davlat yonilği zaxiralari deyarli tugaganini rasman ma’lum qilgan edi.

Sönggi oylarda Kuba aholisi bir neça bor yirik elektr uzilişlariga duç keldi. Mart oyida butun mamlakat bir neça soat davomida elektrsiz qolgan bölsa, may oyida orolning şarqiy hududlarida ham şunga öxşaş yirik avariyalar kuzatilgan.

Elektr energiyasini tejaş maqsadida mamlakat hukumati rejali elektr öçiriş amaliyotini ham qöllamoqda. Ayrim hududlarda elektr ta’minoti 24 soatgaça töxtatilişi mumkin.

Energetika va iqtisodiy inqirozni yengiş maqsadida Kuba hukumati keyingi oylarda mamlakat iqtisodiyotida sönggi 65 yil içidagi eng yirik islohotlarni boşladi. Xususan, xususiy sektorga kengroq imkoniyat beriş va qariyb 200 ta bozor islohotini amalga oşiriş taklif qilingan.

Biroq rasmiy Havana va Vaşington örtasidagi muzokaralar hozirça natija bermayapti. Xalqaro kuzatuvçilarning fikriça, AQŞ ma’muriyati iqtisodiy va siyosiy bosim orqali Kubadagi amaldagi hukumatni almaştirişga erişişni maqsad qilgan.