19:00 / 24.11.2018
14527

La Liga. «Real» safarda yirik hisobda yutqazdi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 13-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Real» safarda «Eybar» bilan bellashdi va kutilmaganda 0:3 hisobida yutqazdi. Eskalante, Enrik va Kike gollariga madridliklar hech qanday javob qaytara olmadilar.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 20 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi, «Eybar» esa 18 ochko jamg‘arib, 7-o‘ringa ko‘tarildi.

La Liga, 13-tur
Eybar – Real Madrid 3:0 

24 noyabr, «Munisipal de Ipurua» 
Gollar: 1:0 – 16 Eskalante, 2:0 – 52 Enrik, 3:0 – 57 Kike. 
Eybar – Riyesgo, Kukurelya, Ramis, Paulu Oliveyra, Penya, Orelyana (Alvares, 83), Eskalante, Jordan, Xose Anxel, Enrik (Sharles, 74), Kike.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola (Karvaxal, 54), Ramos, Modrich (Isko, 63), Kroos, Asensio (Vinisius Junior, 74), Sebalos, Beyl, Benzema.
Ogohlantirishlar: Kukurelya (33), Jordan (36), Beyl (44).

Top