«MYu»-«Yuventus» o‘yinida maydonga tushib Ronalduning oldiga borgan fanatning ikkita «to‘pponchasi» bo‘lgan
«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi doirasidagi «Yuventus»ga qarshi bahsda (0:1) begona shaxslarning maydonga tushib kelgani tufayli jarimaga tortildi.
Manchesterdagi o‘yin vaqtida muxlislar turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduga yaqin kelish maqsadida bir necha marotaba maydonga tushib ketishgandi. Bunday holat jami uch marotaba kuzatilgan.
UYeFA «MYu»ni stadiondagi xavfsizlik ta'minlanmagani uchun 8 ming yevro jarimaga tortdi.
BBC`ning qayd etishicha, ushbu uch nafar shaxsdan biri stadionga ikkita o‘yinchoq to‘pponcha bilan kirib kelgan. U bu «qurollar»ini maydonga chiqqan vaqtida qo‘liga olmagan. O‘yinchoqlar keyinroq uning cho‘ntagidan topilgan.
«MYu» mavsum boshidan buyon ikkinchi marotaba jarimaga tortilmoqda. Mankunianliklar o‘tgan oyda «Valensiya» bilan «Old Trafford»da kechgan o‘yin belgilanganidan kechroq boshlangani sabab 15 ming yevro tovon to‘lagan edi.
Mavzuga oid
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024
Ronaldu - «Real»dagi faoliyati, Mbappe Madridga o‘tishi va Kroos faoliyatini yakunlagani haqida
19:43 / 02.09.2024