Jahon | 21:07 / 24.11.2018
13689
1 daqiqa o‘qiladi

Putin mayda jinoyatlar uchun qamamaslikni taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga keltirilgan zarar qoplanganidan so‘ng jinoyat ishi to‘xtatiladigan jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi.  

Loyihada kreditlash, elektron to‘lov vositalaridan foydalanib to‘lov olish, sug‘urta va kompyuter axboroti sohalaridagi firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni ana shu ro‘yxatga kiritish taklif qilingan. Shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi shartnomalarni qasddan bajarmaslik, mualliflikni o‘zlashtirish, ixtirochilik va patent huquqlarini buzish, aldov yoki ishonchga kirish yo‘li bilan mulkka zarar yetkazish kabi jinoyatlar sodir etilganda zarar to‘liq qoplangan taqdirda jinoyat ishini to‘xtatish taklif qilingan. 

Bundan tashqari, hujjatda tadbirkorlik sohasida vakolatini suiiste'mol qilganlikda gumonlanganlar yoki ayblanayotganlarni qamoqxonaga jo‘natishni taqiqlash taklif etilmoqda.

Mavzuga oid