O‘zbekiston | 19:06 / 24.11.2018
6380
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda GDG DevFest festivali bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida GDG DevFest dasturchilar festivali bo‘lib o‘tdi. Google Developers Group, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilgan mazkur festivalda Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlar vakillari, 30dan ortiq spiker, O‘zbekistonning eng yaxshi dasturchilari ishtirok etdi. 

Festivalga tashrif buyurgan maxsus mehmonlar sifatida dunyoga mashhur mutaxassislardan biri Google kompaniyasi injyeneri Ileka Plan, Tojikistonda iqtisodiy texnologiyalar yo‘nalishida yutuqlarga erishgan “Alif” banki asoschisi Zuhursho Rahmatullayevni aytib o‘tish mumkin. 

- Mazkur festival 2018 yildagi nafaqat O‘zbekiston, balki O‘rta Osiyo miqyosidagi dasturchilar o‘rtasidagi eng yirik xalqaro konferensiya bo‘lib, uning doirasida turli xil taqdimotlar o‘tkaziladi. Ular orasidan menga eng yoqqani, Google Sloud platformasi yordamida mashina boshqarishni o‘rganish loyihasi bo‘ldi. Festivalda namoyish etilayotgan ishlanmalarni ko‘rib dunyoda “to‘rtinchi inqilob” boshlanmoqda deb aytish mumkin. Bu degani hayotimizning istagan jabhasida sun'iy ongni qo‘llab katta yutuqlarni qo‘lga kirish mumkin, -deydi tadbir tashkilotchilaridan biri Darhonbek Mamataliyev.

GDG DevFest festivalida turli sohalarning professional mutaxassislar yig‘ilib, bilim va tajriba almashadilar. Toshkentda 2015 yildan boshlab Google I/O Extended Tashkent konferensiyasi o‘tkazib kelinmoqda. Konferentsiya o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni Google kompaniyasining innovatsion yechimlari bilan tanishish uchun o‘ziga xos platforma sifatida xizmat qilmoqda.

Mavzuga oid