Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlariga radiatsiyaviy ishlov berish joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida “O‘zbekistonda oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlariga radiatsiyaviy ishlov berish” mavzusida Xalqaro atom energetikasi agentligi hamda xalqaro yetakchi ekspertlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad respublika Qishloq xo‘jaligi vazirligi, meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya, tashkilotlarni bu mahsulotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud va yangi uslublar bilan tanishtirish, shuningdek, bu sohada mutaxassislar tajribasini o‘rganishdan iboratdir.
Dunyoning 60dan ortiq mamlakatida 90ga yaqin oziq-ovqat turiga radiatsiyaviy ishlov berish bo‘yicha mavjud tajribalar misolida bu uslubni O‘zbekistonda tatbiq qilish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berish mo‘ljallangan. Ushbu ma'lumotlar O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun respublikada radiatsiyaviy ishlov berishni tashkil qilish orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini orttirishga olib keladi.
Seminarda mahsulotlarga radiatsiyaviy ishlov berish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasi haqida ma'ruzalar qilish uchun Xalqaro atom energetikasi agentligining oziq-ovqatlarga radiatsiyaviy ishlov berish bo‘yicha mutaxassisi Carl Mikael Blekbyorn, ekspert - Microtrol Sterilisation Services Pvt. Ltd. kompaniyasi mutaxassisi Vikram Baldev Kalia (Hindiston) hamda Yadro ximiyasi va texnologiyalari institutining (Polsha) radiatsiyaviy texnologiyalar sohasi mutaxassisi, ekspert Ursula Griskalar ishtirok etishdi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
20:32 / 12.05.2026