Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda fuqarolarning axloqini baholash tizimi joriy qilinadi
Xitoyda fuqarolarning ijtimoiy axloqini baholash tizimi kiritilishi rejalashtirilmoqda. Loyiha Pekin ma'muriyati tomonidan taqdim qilingan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Mutasaddi shaxslar 22 mln fuqaro haqida ma'lumotlar to‘plab, ular asosida reyting tuzishadi. 2020 yil oxirida yuqori “ijtimoiy kreditga” ega fuqarolar ustunlikka ega bo‘ladilar. Past reytingga ega fuqarolar esa turli “muammolar” bilan jazolanadilar.
So‘ngra Pekin rahbariyati reyting tizimini moslashtirib, u hamma yerda joriy qilinadi. Bu chora ijtimoiy axloq qoidalarini buzuvchi “ishonchsiz fuqarolarni” kuzatib borishga qaratilgan.
Ma'lum qilinishicha, Xitoy anchadan beri yaxshi axloq uchun rag‘batlantiruvchi va yomon axloq uchun jarima va turli cheklovlar bilan jazolovchi bunday tizimlar bilan tajriba o‘tkazib keladi.
Joriy yil iyulida Xitoyning Tszyansi viloyatida marhumlarni ko‘mish taqiqlangani ma'lum qilingandi. Bu taqiqlov mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘lgan. Bundan maqsad esa hukumatning yer zaxiralarini saqlab qolish istagi bo‘lgan. Xitoy hukumatida ta'kidlanishicha, 10 yildan keyin ko‘plab hududlarda qabristondagi bo‘sh yerlar tugaydi.
Mavzuga oid
08:50
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026