Dunyo davlatlari örtasida öz yeçimini kutayotgan hududiy ziddiyatlar talaygina. Toğli Qoraboğ, Kaşmir, Tibet, Golan tepaliklari...
Ularning ayrimlari böyiça qonli janglar bölib ötgani holda ham yakdil fikrga kelinmagan. Ikki davlat örtasida rasman tinçlik şartnomasi imzolanmay, hamon uruş maqomi saqlanib turilişiga sabab bölgan ana şunday hududiy bahslardan biri bu Rossiya va Yaponiya örtasidagi Kuril orollari muammosidir.
Köpçilikni bir savol qiziqtiradi: nega Rossiya odam deyarli yaşamaydigan, foydali qazilmalari ham haminqadar, hamişa davlat subsidiyalari bilan kun keçiruvçi, öz hududining mingdan biriça kelmaydigan kiçik orollardan voz keça qolmaydi? Axir bu davlatning sarhadlari çeksiz, amalda heç narsa yöqotmaydi. Qolaversa, qöşnisi va yuksak taraqqiy etgan davlat – Yaponiya bilan va nihoyat tinçlik şartnomasi imzolanadi. Yaponiya döstona yordam qölini çözsa, Rossiyaning hamişa iqtisodiy ijtimoiy muammolarga kömilib yuradigan Uzoq Şarq hududlari rivojlanib ketişi mumkin. Eng muhimi, dunyo yetmiş yillik yana bir ziddiyatdan qutulardi.
Ammo hammasi bu qadar oddiy emas.
Foto: Wikipedia
Rossiya Kuril orollaridan voz keçmasligining sabablari talaygina:
1. Eng muhimi, Rossiya Yaponiya bilan Kuril orollari muammosi borligining özini tan olmaydi. Ya'ni, bu hududlarga bölgan huquqi hatto muhokama qilinmasligini ta'kidlaydi. Bahsli hududlar böyiça BMT nizomiga köra bunday hududlarga har ikki tomon da'vo qilişi lozim. Rossiya bu hududda kim bilandir bahslaşadigan masalaning özi yöq deb hisoblaydi.
2. Kuril orollarini parça-parça quruqliklardan iborat, deganlar qattiq adaşadi. Hokkaydodan Kamçatkaga qadar çözilgan bu arxipelag 1200 kilometrdan köproq hududga tarqalib ketgan. Ya'ni, kim bu orollarga egalik qilsa, öz sarhadlarini kamida şunça masofaga kengaytirib oladi. Ammo bu hammasi emas. Kuril orollari ortida tört tarafi Rossiya hududlari bilan öralgan Oxota dengiz bor. Kuril orollari baliqqa boy bu dengizning öziga xos darvozasi böliş bilan birga, Rossiyaning Saxalin oroli, Kamçatka, Uzoq Şarq hududining yirik şaharlari uçun kemalar qatnovida bu dengizga emin-erkin kirib çiqişning ahamiyati nihoyatda katta.
3. Muhim jihatlardan yana biri bu orollarning harbiy ahamiyatidir. Ma'lumki, atom bombasi taşlagan bölsa-da, AQŞ Yaponiyaning hududdagi eng yaqin hamkori hisoblanadi. Bir paytlar Kuril orollari kabi bahsli hudud bölgan Okinavada AQŞning ulkan harbiy bazasi uzoq yillardan buyon faoliyat yuritişi Rossiyani sergaklantirmay qöymaydi.
Mavzuga oid
4. Kuril orollari muammosi öziga xos «Domino effekti»ni yuzaga keltirişi mumkin. Gap şundaki, qaçon Rossiya va Yaponiya örtasida muammoga yeçim izlansa, bir tomondan Finlyandiya bir vaqtlar öziniki hisoblangan hamda ikkinçi jahon uruşi yakunlariga köra boy bergan Kareliyaga da'vo qila boşlaydi, ikkinçi tomondan hamon dunyoning aksariyat davlatlarida noqonuniy egallab olingan deb hisoblanuvçi Qrim muammosi boş kötaradi, hududi ikkinçi jahon uruşi natijalariga köra belgilangan Kaliningrad muammosi eslanadi. Bu hammasi emas. Rossiyaga da'vo qilişlari mumkin bölgan kiçik hududiy masalalar yana ançagina.
5. Rossiyada ham Yaponiyaçalik bölmasada, millatparast kuçlar bor. Ular hududiy jihatdan bir qariç yerni boy berişni ham butun tizimning tanazzuli sifatida qabul qilişadi. Bir vaqtlar Rossiya prezidenti Boris Yeltsin Yaponiyaning iqtisodiy kömagi evaziga Janubiy Kuril orollaridan voz keçişni istagan. Ammo öşa millatparast kuçlarning qattiq qarşiligi bu rejani barbod qilgan. Ya'ni, har ikki davlatda bu masalada yon bergan siyosatçi mamlakat tarixiga «xoin» sifatida kirişini yaxşi bilişadi.
Şu örinda Yaponiya nega bu hududlarni bunçalik talaşişi ham qiziq.
1. Yaponiya Kuril orollari muammosini nafaqat qayta-qayta yodga olaveradi, balki bunday orollar nomini tilga olmagan holda bu hududlarni «Yaponiyaning şimoliy hududlari, ajralmas qismi» sifatida köradi.
2. Yaponiya iqtisodiy gigant bölgani holda siyosiy qudrati nisbatan çeklangan davlat hisoblanadi. Ayniqsa, ikkinçi jahon uruşi yakunlariga köra bu davlat köp hududlari va mavqeini boy bergan. Ayrim hujjatlarga köra Yaponiyaniki ekanligi keltirilgan bu orollar masalasidagi bahsda ham taslim böliş milliy ğururga katta zarba bölişi mumkin. Hatto qudratli qöşnisi bilan qurolli ziddiyatga borişga tayyor ekanligini ta'kidlaş bilan ham öz prinsipidan voz keçmaydi.
3. Kuril orollari muammosi (Yaponiya nazdida «şimoliy hududlar masalasi») Yaponiya siyosatining «ölmas mavzu»laridan biriga aylangan. Har qanday yirik siyosatçi aynan mana şu masaladagi qat'iy pozitsiyasi bilan siyosiy oçko töplaydi. Saylovlar oldidan bu mavzu ayniqsa kuçliroq jaranglaydi. Har yili 7 fevral kuni Yaponiyada «Şimoliy hududlar kuni» nişonlanadi va juda köpçilik orollarni qaytarişga oid çaqiriqlar hamda şiorlar bilan köçalarga çiqişadi.
Tarix nimalardan sözlaydi?
Bu orollarning bunçalar uzoq davom etuvçi bahs obektiga aylanişi öziga xos tarixga ega albatta. Ruslardan ham, yaponlardan ham oldin bu orollarda aynlar qabilalari yaşab ötişgan. Aynan ularning tilida «kuru» sözi odam degan ma'noni anglatadi. Kuril orollari atamasi ham şu sözdan kelib çiqqan. 1635-1637 yillarda yapon ekspeditsiyasi a'zolari bu orollar haqida qisman ma'lumot yozib qoldirgan. Nisbatan töliq ma'lumot 1643 yilda Martin de Friz boşliq golland ekspeditsiyasi tomonidan keltirilgan va Martin de Friz hududni golland yerlari deb e'lon qilgan, ammo amalda hududni nazorat qiliş böyiça biror harakat qilmagan.
Rus ekspeditsiyasi dastlab 1646 yilda taşrif buyurgan va keyingi yillarda Rossiya orollarga qator kemalar jönatgan. 1786 yilda rus imperatori Yekaterina II hududni uzil-kesil Rossiya tasarrufiga ötkazadi va xaritalarga kiritadi. Şundan keyin bu orollar bilan boğliq masala ança vaqtgaça kötarilmaydi.
1855 yilning 7 fevral kuni Rossiya va Yaponiya örtasida kelişuv imzolanadi hamda unga köra Iturup va Urup orollari örtasidan ikki davlat çegarasi ötkaziladi. Şu tarzda Yaponiya hozirda bahslarga sabab bölayotgan Iturup, Kunaşir, Şikotan va Xabomai orollari guruhiga ega böladi. Qolgan orollar Rossiya tasarrufiga ötadi. Aynan şuning uçun ham 1981 yildan buyon har yili 7 fevralda Yaponiyada «Şimoliy hududlar kuni» nişonlanadi.
Mayda orollarga oid kelişuvga qaramay yirik orol – Saxalin masalasi oçiq qoladi va bu ikki davlat savdogarlari hamda dengizçilari örtasidagi ziddiyatlarga sabab bölaveradi. 1875 yilning 7 mayida imzolangan «Peterburg şartnomasi»ga köra Rossiya örtada qolib ketgan 18 orolning barçasidan Yaponiya foydasiga voz keçadi va evaziga Saxalinning töliq hududini öziniki qilib oladi. Bu kelişuv hududiy ziddiyatlarga uzil-kesil barham beradi.
Ammo yigirmançi asr boşiga kelib Yaponiyada militaristik ruhiyat hukmron böla boşladi. Bu davlat öz qöşnilariga qarşi qator yurişlar qildi. 1905 yildagi rus-yapon uruşi yakuniga köra, Rossiya imperiyasi Janubiy Saxalindan voz keçişga majbur böldi.
Tarixdan ma'lumki, qudrat davlatlar örtasida aylanib yuradi. Rossiyaning vorisi hisoblangan SSSR ikkinçi jahon uruşi yakunlariga köra Yaponiyaga uruş oçdi va barça eski alamlarini tölaligiça çiqarib oldi. Endi kunçiqar davlat nafaqat Saxalindan, balki Kuril orollaridan ham mosuvo böldi. Barça hujjatlar imzolandi, biror e'tiroz qilişga holi bölmagan Yaponiya orollardan voz keçdi. Kamiga duşmani özining asosiy orollari çegarasiga kelib qoldi.
Keyinçalik, Yaponiya talqiniga köra, bu kelişuvlar Rossiya va Yaponiya örtasidagi qadimiy çegaralarga asoslangani, bu çegaralarga köra Iturup, Kunaşir, Şikotan va Xabomai orollari Yaponiya tasarrufida qolişi kerakligi, Yaponiya bu orollardan voz keçmaganligini ta'kidlay boşladi. Aynan mana şu masala keyinçalik bahslar yuzaga kelişiga sabab böldi va bu bahslar hanuz öz yeçimini topmay kelmoqda. Çunki, Rossiya butun Kuril orollari nazarda tutilganini ta'kidlasa, Yaponiya bu orollar biror hujjatda körsatilmaganini dalil sifatida dastak qiladi.
Bahslarga qaramay bu orollar Rossiya tasarrufida va bu davlat öz harbiy qismlarini joylaştiriş orqali hududga bölgan huquqini tasdiqlaşga harakat qiladi.
1956 yilga kelib uruş holatiga çek qöyilmagani holda ikki davlat örtasida diplomatik aloqalar tiklana boşlandi. Aynan mana şu iliqlik davrida orollar muammosini ham hal etib olişga urinildi. SSSR hatto Yaponiyaning Kunaşir va Iturup orollariga bölgan da'vosidan voz keçişi evaziga Xabomai hamda Şikotan orollarini qaytariş istagini bildirdi. Faqat buning uçun bir şart qöydi – avval ikki davlat örtasida tinçlik şartnomasi imzolanişi lozim.
Ammo bu payt dunyo qutblari örtasida sovuq uruş boşlanib ulgurgan, işga AQŞ aralaşgandi. AQŞ Yaponiya öz da'vosidan voz keçsa, hozirda nazorat qilib turgan va kelajakda Yaponiyaga qaytarilişi rejalaştirilayotgan Okinava orolini qaytarmasligini bildirdi.
Şu tarzda muzokaralar yana boşi berk köçaga kirib qoldi, orollar muammosi yeçilmagani singari tinçlik şartnomasi ham imzolanmadi. Keyingi yillarda ham deyarli har yili şu masala kötarilsada, tomonlar yuzlab marta bu mavzu yuzasidan uçraşişgan bölsada, muzokaralarda aytarli siljiş kuzatilmadi.
Vaqti-vaqti bilan bu masala yuzasidan ziddiyat keskinlaşib ketadi. Masalan, 2010, 2012 va 2015 yillarda Rossiya prezidenti va keyinçalik boş vaziri Dmitriy Medvedev bahsli orollarga şaxsan taşrif buyurgan.
Medvedev Kurilda
Foto: ITAR-TASS
Bu harakatlar Yaponiya tomonidan juda oğriqli qabul qilingan va Yaponiya TIV öz noroziligini bildirgan. Ammo Rossiya TIV bu masalada Moskva Tokio qaraşlarini hisobga olmasligini e'lon qilgan. Buning ustiga 2012 yilning 14 fevralida Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi rahbari, armiya generali Nikolay Makarov Kunaşir va Iturup orollarida yangi harbiy baza qurilişi töğrisida bayonot berdi.
Yaponiya ham jim turmadi albatta. Sindzo Abe bu mamlakat boş vazirligiga tayinlaganidan beri Kuril orollari masalasi böyiça 30 raunddan ortiq muzokaralar olib bordi.
Amalda heç qanday siljiş bölmayotgani uçun «Şimoliy hududlar kuni» munosabati bilan joriy yilning 8 fevralida uyuştirilgan umummilliy s'yezdda sözga çiqqan Sindzo Abe hatto masala tinç yöl bilan hal etilmasa, hududlarni qaytariş uçun kuç işlatişga ham tayyor ekanligini e'lon qilib yubordi.
Rasmiy Moskva esa bu sözlarga javoban Yaponiya öziga ortiqça baho berayotgani, bosiqlik qilmaslik yaxşi oqibatlarga olib kelmasligini bildirdi.
Putin va Abe Vladivostokdagi dzyudo böyiça turnirda
Foto: Reuters
Tahdidlarga qaramay har ikki tomon uruşdan aslo manfaatdor emasligi juda yaxşi ma'lum. Şuning uçun Sindzo Abe yaqinda bergan intervyusida bu muammoni kelgusi avlodga qoldiriş niyatida emasligini, hamkasbi Vladimir Putin bilan bu boradagi muzokaralar samarali bölayotgani hamda oxir-oqibat kelişuvga keliş mumkinligini bildirgan.