«Keyingi avlodlarga ham bu muammoni qoldirmasdan, şimoliy hududlar [Kuril orollari] borasidagi muzokaralarga yakuniy nuqta qöyiş kerak. Men oliy rahbariyat darajasidagi oçiq muloqotlar yordamida Rossiya bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirişga harakat qilaman, şuningdek, tinçlik şartnomasini imzolaşga ham…» – dedi Suga.
Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasining yangi raisi 71 yoşli Yosixide Suga 16 sentabr kuni mamlakat boş vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi. Uning nomzodini parlament deputatlarining aksariyati qöllab-quvvatlagan.
Hukumatning avvalgi rahbari Sindzo Abe soğligi bilan boğliq muammolar tufayli iste'fo bergandi.











