Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Kuril orollaridan ikkitasining Yaponiyaga berilişi kunçiqar mamlakat tomonidan Ikkinçi jahon uruşi yakunlarining tan olinişi va tinçlik sulhi tuzilgandan keyingina mumkin bölişini aytdi.
Lavrov sobiq ittifoqning huquqiy davomçisi hisoblanişi va şu sababli 1956 yilgi deklaratsiyani tan olişini eslatib ötgan. Öşa deklaratsiyaga köra, Rossiya tinçlik sulhi tuzilgandan keyin tört oroldan ikkitasini Yaponiyaga berişga tayyor.
“Hozirça barçasi yaponiyalik hamkasblarimizning Ikkinçi jahon uruşi yakunlarini tan olişni istamasligiga borib taqalayapti. Men vaziyat ilojsiz, deb öylamayman”, deb aytgan Lavrov.
70 yildan köproq vaqtdan beri Rossiya va Yaponiya örtasida tinçlik sulhi imzolanmay kelmoqda. Tokio uning imzolanişi şarti sifatida Iturup, Kunaşir, Şikotan va Xabomai orollari qaytarilişi kerakligini aytmoqda. Moskva esa janubiy Kurillarni Ikkinçi jahon uruşi yakunlariga köra sobiq ittifoq tarkibiga kirgan deb hisoblaydi va ular ustidan suvereniteti şubha ostiga qöyilmaydi.
Deklaratsiyaga köra, Moskva tinçlik sulhi tuzilgandan keyin Kuril orollaridan ikkitasi – Xabomai va Şikotanning Yaponiyaga berilişiga rozi böladi.












