Inson gohida şunday qattiq noşukrlik qiladiki, göyo unga heç qanday ne'mat berilmagan, göyo u hamma narsadan quruq qolyapti, xuddi u barçasiga munosibdek. Aslida-çi? Aslida, bari teskari. Döppini bir çetga qöyib öylab qaralsa, biz uçun şunday ne'matlar berilganki, ularning sarhisobini qilişga vaqt yetmaydi, aql ojizlik qiladi. Buni payqaş uçun şunçaki yon-atrofga qarab fikr yuritiş, turli taqdir egalari umridan ma'no topiş yetadi.
Iş yuzasidan köp joylarda bölamiz, turli xarakterga ega insonlar bilan suhbatlaşamiz, har kuni yuzlab xabarlarni eşitamiz. Kimdir öz joniga qasd qilmoqda, yana kimdir bolasi bilan özini anhorga otmoqda, boşqa birov esa hayot sinovlariga çiday olmay turli köçalarda sanğimoqda. Ammo şunday insonlar ham borki, ular Allohning xohişiga köra, bu dunyoga nogironlik holatida kelgan. Ammo taqdiri ilohiyga könikib, yaşaşmoqda, öqişmoqda, işlaşmoqda va buning uçun baridan rozi bölişmoqda. Çunki ular hayot manzaralarini sizu bizçalik köra olişmasa-da, ammo uning qadri va hikmatini juda köpçiligimizdan köra yaxşiroq anglaşadi, his etişadi. Bugungi suhbatimiz közi ojiz bolalar hayoti haqida...

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida 18-sonli köriş böyiça imkoniyati çeklangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan davlat ta'lim muassasasi joylaşgan. Nomidan ham ma'lum – bu yerda közi ojiz yigitlar-qizlar tahsil olişadi. Ular boşqa tengdoşlaridan köra farqli, ammo şunga qaramay intilişlari, bilimga bölgan çanqoqliklari va eng asosiysi, orzu-havaslari juda ulkan va beğubor. Uşbu ta'lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanişiş maqsadida ta'lim dargohi direktori Zoir Rahimov bilan suhbatlaşdik.
— Uşbu ta'lim maskaniga 1992 yilda asos solingan. 2012 yilda esa zamonaviy tipda qurilib, foydalanişga topşirilgan. Ayni kunda mazkur muassasada köriş imkoniyati çeklangan 198 nafar bola tahsil oladi. Bu yerda 51 nafar öqituvçi, 59 nafar tarbiyaçi faoliyat olib boradi. Muassasada umumiy örta ta'lim fanlari töliq öqitilişi barobarida 7 nomda korrektsion (nuqson tuzatuvçi) maşğulotlar ötkaziladi. Ayni kunlarda 2018-2019 yilda ötkaziladigan fan olimpiadasining 1-bosqiçiga qizğin tayyorgarlik körilmoqda.

Bu yerda öqiyotgan bolalar bilan suhbatlaşdik, ularning orzu-umidlari, maqsadlari bilan qiziqdik.



















