«Qişloğimizdagi 53-maktab allaqaçon avariyaviy holatga kelib qolgan. Mas'ullar yangisi quriladi, deb va'da berganiga ham 3 yil böldi», deyiladi murojaatda.


Kun.uz muxbiri murojaatni joyida örganiş uçun Şahrisabz tumani «Xitoy» mahalla fuqarolar yiğiniga qaraşli Kamar qişloğiga bordi.
Yölda hamrohlik qilgan qişloq oqsoqoli va murojaatçi J.Oçilovning ma'lum qilişiça, tuman XTB mas'ullari aholining murojaatiga uç yildirki «Bu yil quriladi», deya javob berib kelgan. Aholi öz hududidan saylangan deputatni tanimaydi.
Maktabgaça yetib boriş tuman markazidan deyarli 1 soat yölni oldi. Maktabgaça eltadigan yöl ötgan tepalik öyib qilingan, hozir biroz qum-toş tökilgan ekan.
1997–2006 yillar oraliğida 53-maktabda direktor lavozimida işlagan Ahmad Ğoyibov vaziyat böyiça fikrlarini bildirdi.

«Maktabning eski binosi 1970-yillarda, yangi binosi 2000-yillarda qurilgan. Öşa vaqtda maktabni 160 örinli qilib quriş rejalaştirilgan edi, lekin 100 örinlisi bitib, 60 örinlisi uçun faqat poydevor quyilgan», — deydi mehnat faxriysi Ahmad Ğoyibov.
Darhaqiqat, maktabda ikkita öquv binosi mavjud. 1973 yilda loy-paxsadan qurilgan eski bino 60 öringa möljallangan. 2002 yilda pişiq ğiştdan qurilgan ikkinçi bino bir smenada 100 nafar öquvçini siğdira oladi.



1973 yilda qurilgani aytilayotgan binoning devorlari yorilib, yoğoçlari çirib ketgan. Tomlari va şiftlari körinişidan talab darajasida emas.
Ğalati holat – qayta qurilişga muhtoj, devorlari yorilib, yiqilay deb turgan binoga isitiş tizimi örnatilmoqda. Maktabning ayni çoğdagi direktori Xolboy Sanayev bu holat böyiça izoh berdi.



















