Şahrisabzda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda yoşlarning faol iştirokini ta'minlaş, yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta özlaştirgan, har tomonlama soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkaziş maqsadida «Hokim va yoşlar» uçraşuvi bölib ötdi, deb xabar beradi Kun.uzga Özbekiston yoşlar ittifoqi Qaşqadaryo viloyat Kengaşi matbuot xizmati.

Unda Prezidentning yoşlar siyosati böyiça Davlat maslahatçisi — Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Qahramon Quranboyev, tuman hokimligi vakillari, taşkilot rahbarlari, Şahrisabz şahri va tumani yoşlari iştirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Zafar Röziyev yoşlarga oid davlat siyosati doirasida mamlakatimizda olib borilayotgan işlar, ötkazilayotgan tadbirlar haqida söz yuritib, yoşlar jamiyatning eng ilğor qatlami sifatida hamişa qöllab-quvvatlanişi, ularning har jihatdan barkamol şaxs bölib voyaga yetişlarini ta'minlaş hukumat e'tiboridagi eng asosiy vazifa ekanini ta'kidladi.

— «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida prezidentimiz harakat negizida mutlaqo boşqaça prinsip va yondaşuvlar asosida işlaydigan, yoşlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qila oladigan, har qanday rasmiyatçilik va kampaniyavozliklardan xoli, haqiqiy demokratik taşkilot — Özbekiston yoşlar ittifoqini tuziş va 30 iyunni mamlakatimizda «Yoşlar kuni» sifatida nişonlaşni taklif etganliklarini özi ham yoşlarga bölgan katta e'tibor namunasidir, — dedi Qaşqadaryo viloyat hokimi Z.Röziyev. 

Şuningdek, viloyatning iqtidorli va faol yoşlari sözga çiqib, yurtimizda yoşlarga Yurtboşimiz tomonlaridan körsatilayotgan ğamxörlikdan mamnun holda öz fikrlarini bildirdilar.

Şundan söng yoşlarning kelgusidagi rejalari, ularni taşvişlantirayotgan muammolar hamda taklif va mulohazalari tinglandi. Şahrisabzda turizm va xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş, yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, yoşlarda Internetdan foydalaniş madaniyatini oşiriş, ayniqsa, uyuşmagan yoşlar bilan işlaş tizimini işlab çiqiş böyiça berilgan takliflar yuzasidan istiqbolli rejalar işlab çiqildi.