Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi guruh bosqiçida Rossiyaga qarşi uçraşuvga salomatligi böyiça imkoniyati çeklangan qiz – 10 yoşli Polina Xayeredinova bilan maydonga çiqdi. Şu tariqa FIFA tarixida ilk bor futbolçi imkoniyati çeklangan bola bilan uçraşuvga çiqdi.
Musobaqa homiysi McDonald's kompaniyasi tufayli röyobga çiqqan bu voqea dunyo futboli imkoniyati çeklangan bolalar uçun ham oçiqligini körsatdi. Bunday bolalar xalqaro miqyosdagi sport musobaqalariga jalb qilinganliklarini his qilişlari mumkin böldi. Musobaqa ötadigan şaharlardan har birida uçraşuv oldidan biror terma jamoa sardori imkoniyati çeklangan bola hamrohligida maydonga çiqadi. Musobaqa Moskva, Sankt- Peterburg, Qozon va Soçida bölib ötmoqda.

Portugaliya va Rossiya örtasidagi uçraşuv Moskvadagi "Spartak" stadionida bölib ötdi va portugaliyaliklarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Uçraşuvdagi yagona golni 8-daqiqada Kriştianu Ronaldu kiritdi.
Musobaqada McDonald's’ning bolalar dasturida Moskva, Sankt- Peterburg, Qozon va Soçidan hammasi bölib 6 yoşdan 10 yoşgaça bölgan 350 dan köproq yoş futbol muxlisi iştirok etmoqda. Ulardan yarmi bolalar uyi tarbiyalanuvçilari, kam ta'minlangan köp farzandli oilalar farzandlaridir. Dasturning qolgan iştirokçilari esa maxsus ijodiy tanlov natijalariga köra aniqlanganlar.













