Jahon | 15:34 / 25.11.2018
6786
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Afg‘onistondagi prezident saylovi uch oyga kechiktirildi
Afg‘onistonda prezident saylovi o‘tkazish muddati uch oyga ortga surildi va kelasi yilning iyul oyigacha o‘tkazilmaydi. Bu haqda 1 TV telekanali xabar berdi.
Shu yilning iyulida Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasi mamlakatda prezident saylovi 2019 yil 20 aprelda bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgandi.
Afg‘onistonda davlat rahbari saylov asosida besh yil muddatga saylanadi va ikkinchi muddatga saylanishi mumkin. Mamlakatning amaldagi prezidenti Ashraf G‘ani 2014 yil 14 iyunda saylangan bo‘lib, o‘sha yilning 29 sentabridan lavozimini bajarishga kirishgan.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024