Sport | 22:30 / 25.11.2018
12709
2 daqiqa o‘qiladi

«Sevilya» «Barselona»ni quvib o‘tdi

«Sevilya» Ispaniya chempionatining 13-turida «Valyadolid» bilan o‘ynadi. Sevilyadagi «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol 30-daqiqada Andre Silva tomonidan urildi, uni Pablo Sarabiya golli pas bilan ta'minladi.

Shu tariqa, «Sevilya»ning Ispaniya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etdi (4 o‘yin). Bungacha jamoa o‘z maydonida «Ueska» (2:1) va «Espanol» (2:1) ustidan g‘alabalarga erishgan, safarda «Real Sosedad» bilan durang o‘ynagandi (0:0).

Bugungi g‘alabadan keyin «Sevilya» ochkolari sonini 26 taga yetkazdi va turnir jadvalida «Barselona»ni quvib o‘tib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Valyadolid» esa 17 ochkosi bilan — 11-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda «Valyadolid» 1 dekabr kuni «Leganes»ni qabul qiladi, «Sevilya» esa 2 dekabrda «Alaves» mehmoni bo‘ladi.

Ispaniya chempionati
13-tur
Sevilya – Valyadolid 1:0 
(1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 30 Andre Silva.
Sevilya – Vatslik, Ker, Gomes, Eskudero, Karrisu, Mesa, Aleish Vidal, Banega (Vaskes, 73), Sarabiya (Promes, 88), Andre Silva (Amadu, 82), Ben-Yyedder.
Valyadolid – Masip, Kalero, Martines, Antonito, Xoakin Fernandes, Alkaras (Unal, 58), Michel, Toni (Suares, 84), Fernandes, Plano, Chop (Verde, 70).
Ogohlantirishlar: Antonito (21), Eskudero (39), Karrisu (64), Aleish Vidal (81), Fernandes (87), Xoakin Fernandes (89).

Mavzuga oid