O‘zbekiston | 21:26 / 25.11.2018
8773
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi QVZ terma jamoasi Moskvada bellashadi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan “Sharq yulduzi” terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan “Mudofaa vazirining QVZ kubogi” xalqaro festivalida ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketadi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Mazkur terma jamoa 2017 yilda Moskvada o‘tkazilgan “Hamdo‘stlik QVZ” o‘yinlarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda birinchi va ikkinchi o‘rinlar mezbon davlat jamoalariga nasib etgandi.

Joriy yilda esa xalqaro festivalda 7 ta jamoa ishtirok etadi, shuningdek, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon hamda Qirg‘iziston QVZ jamoalari ham festivalda bellashish uchun so‘rovnoma yuborgan.

Final bahslari 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 2018 yilda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va O‘zbekiston QVZ Oliy ligasining finaliga yo‘llanma olgan. Final shu yilning 25 dekabrida o‘tkaziladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid