Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh chegarasida muhojirlarga qarshi rezina o‘qlar va ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘llandi
Foto: REUTERS
AQSh chegarachilari Meksika bilan chegarada muhojirlarga qarshi rezina o‘qlar va ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘llashdi. Ta'kidlanishicha, chegarachilar muhojirlar ularga “toshga o‘xshash narsalar” ota boshlashgandan va chegarani yorib o‘tmoqchi bo‘lishgandan keyin bunday choralar qo‘llashgan.
Excelsior nashri ma'lumotlariga ko‘ra, chegaradagi Tixuanada “to‘liq betartiblik” kuzatilgan. “Nazorat bo‘lishi muhimdir. Meni kimdir tosh otishi, bunga javoban esa o‘q uzishlari kabi holatlar bo‘lishi mumkinligi qo‘rqitmoqda”, deb aytgan “Chegara farishtalari” tashkiloti asoschisi Enrike Morones.
O‘z navbatida, Meksika hukumati muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun qo‘shinlar yordamidan foydalanmasligini aytgan.
“Davlatimiz bu muammoni hal qilish uchun harbiy kuchlardan foydalanmaydi. Biroq odamlar AQShga noqonuniy o‘tishga urinish vaqtida kirib borgan chegara punktlari kuchaytiriladi”, deb aytilgan xabarda.
Meksika ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida muhojirlardan hech kim jabrlanmagan. Shuningdek, tartibsizliklarda ishtirok etgan muhojirlar zudlik bilan Meksikadan deportatsiya qilinadi.
Meksika IIVning ma'lum qilishicha, hozir mamlakatda 8,4 ming markaziy amerikalik muhojir bor bo‘lib, ulardan 7,4 ming nafari chegaradagi Tixuana va Mexikali shaharlarida mujassamlashgan. Yana 2 ming muhojir uylariga qaytishga rozi bo‘lgan.
Flying to Tijuana on @flyvolaris at 10pm and just saw the #bordercrossing at San Ysidro is closed. Is CBX still looking good? #mexico #MigrantCaravan #sanysidro pic.twitter.com/0jib53DOWk
— Meredith McConvill (@TopRopeMediaSD) November 25, 2018
Hundreds of #migrants try to storm the #border. Expect significant US response #tijuana #Mexico #MigrantCaravan #sanysidro #donald pic.twitter.com/wqSherfqXx
— Ali (@Mohsi_n) November 25, 2018
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026