Jahon | 21:30 / 26.11.2018
9530
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada mudrab qolgan uchuvchi qo‘nish joyidan 50 km o‘tib ketdi

Foto: Ivan VISLOV

Avstraliyaning Devonport shahridan King oroliga charter reysini amalga oshirgan uchuvchi shturval oldida uxlab qolib, qo‘nishi kerak bo‘lgan joydan 46 km uchib o‘tib ketgan. Bu haqda Australian nashri ma'lum qildi. 

Nashrning yozishicha, voqea 8 noyabrda soat 7lar atrofida yuz bergan, biroq bu haqda endi ma'lum bo‘ldi.

Vortex Air aviakompaniyasining Piper PA-31 Navajo samolyoti uchuvchisi o‘sha kunga belgilangan 7 ta reysdan birinchisini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot beshikast qo‘ndirilgan, hech kim jabr ko‘rmagan. 

Shunga qaramay, Avstraliya transport xavfsizligi byurosi yuz bergan voqeani “uchuvchining mehnatga layoqatligi buzilishi” deb atab, uni tergov qila boshlagan. Tergov doirasida byuro uchuvchini so‘roq qiladi va aviakompaniya ko‘rgan choralarni tekshiradi.

Vortex Air ijrochi direktori Kolin Traker vaziyatga izoh berishdan bosh tortgan.

Ta'kidlanishicha, tergov natijalari keyingi yil boshida ma'lum bo‘ladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid