Köpçilikka ma'lumki, ayni kunlarda respublikamizning barça viloyat, şahar-tumanlarida bosma naşrlar uçun obuna işlari davom etyapti. Bu borada internet saytlari orqali bosma naşrlar obunasi mavzusida bir neça bor maqolalar e'lon qilindi. Ularning deyarli barçasida internet saytlariga majburiy obuna yuzasidan aholi murojaatlari kelib tuşayotgani bayon qilinmoqda.
Şu örinda bir narsani eslatib ötmoqçiman. Boş Qomusimizning tegişli moddalarida Özbekiston Respublikasining har bir fuqarosi özining haq-huquqlariga ega ekanliklari belgilab qöyilgan. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda tegişli qonun hujjatlari asosida inson daxlsizligi, uning roziligisiz heç bir işga majburan jalb qilinmasligi hamda qonunda belgilangan tartiblardan taşqari, uning oylik maoşidan çegirib qoliş qat'iyan taqiqlanganini aslo yodimizdan çiqarmaslik darkor. Agar yuqoridagi qonun buziliş holatlari sodir bölsa, fuqarolar öz haq-huquqlarini himoya qilişlarini sörab, tegişli organlarga murojaat qilişlari mumkin.
Hozirgi kunga kelib xalq orasida davriy naşrlarga bölgan e'tibor biroz kamayişi kuzatilmokda. Buning asosiy sabablarini esa quyidagi misollarda keltirib ötmoqçimiz.
- Respublikamizda çop etilayotgan ayrim gazeta va jurnallarning sifati narxiga mos emasligidir. Ba'zi davriy naşrlarning yillik obuna narxi aql bovar qilmas darajada qimmatligi kişini öylantirib qöyadi. Tahririyatlar tomonidan belgilangan narxlar öta yuqoriligi sababli obunaçilar özlari xohlagan naşrlarga obuna böla olişmaydi.
- Tahririyatlar buyurtmalari asosida gazeta va jurnallarni çop etuvçi bosmaxonalarning xizmat narxlarini sun'iy tarzda oşirib yuborganliklari, ularni çop etiş uçun zarur bölgan qoğoz mahsulotlarining taşqi bozorlardan qimmat narxlarda import qilinişi hamda inflyatsiyaning ortib borişi sababli davriy naşrlarning ham narxi kötarilib bormoqda.
- Ayrim mansabdor şaxslarning lavozimlaridan foydalanib, öz qaramoğidagi, «homiy»ligidagi davriy naşrlarning majburiy obunasi taşkil etilişida boş-qoş bölişidir. Obunaçining öz xizmat sohasiga tegişli bölmagan davriy naşrlarga majburan obuna taşkillaştiriş holatlari köplab kuzatilmoqda. Obunaçilar özlari uçun kerak bölmagan, xizmat sohalariga mutlaqo mos kelmaydigan davriy naşrlar uçun rahbariyatning bosimi ostida majburan obuna bölişlari ularning noroziliklariga sabab bölmoqda.
- Obunaçilarning gazeta va jurnallarga vositaçilarsiz (poçta) töğridan-töğri tahririyat bilan tuzilgan şartnoma asosida obuna bölişlari natijasida gazeta va jurnallar belgilangan manziliga öz vaqtida yetib kelmasligi yoki umuman kelmaslik holatlari köplab kuzatilmoqda. Ayrim tahririyatlar özlari muassisligidagi davriy naşrlarga vositaçisiz töğridan-töğri obuna taşkillaştiradi. Lekin obunaçiga gazeta va jurnallarni öz vaqtida yetkazişlari uçun yetarliça imkoniyatlari (xodimlari, transporti) mavjud emasligi natijasida obunaçilar orasida bosma naşrlarga bölgan işonç kamayişiga sababçi bölmoqda.












