Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini berish yo‘lga qo‘yilgan tumanlar soni oshdi
Shu vaqtga qadar tajriba-sinov tariqasida aholiga Toshkent shahrining Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur va Yunusobod tumanlari Davlat xizmatlari markazlari orqali soddalashtirilgan tartibda milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish davlat xizmati ko‘rsatib kelinmoqda edi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi ko‘magida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini chop etish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar jalb etilib, 2018 yilning 26 noyabridan boshlab Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazlarida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish yo‘lga qo‘yildi.
2019 yilning 1 yanvariga qadar, mazkur davlat xizmatini Toshkent shahridagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yuborish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari markazlari orqali milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish davlat xizmati 2021 yilning 1 yanvariga qadar soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolarimiz pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni, shuningdek EKOIHning 70%i miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi.
Sizdan ortiqcha hujjatlar talab etilganda Davlat xizmatlari agentligining 1148 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat etishingiz so‘raladi.
Mavzuga oid
18:09 / 23.03.2026
Polshalik erkak haydovchilik guvohnomasi olish uchun nazariy imtihondan 139-urinishda o‘tdi
10:43 / 05.03.2026
Haydovchilik huquqidan mahrum etilganlarni kameralar aniqlaydi
11:44 / 28.02.2026
1200 dollarga "prava" olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
10:46 / 16.02.2026