Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oltin va kumush esdalik tangalari sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.
MB xabariga ko‘ra, bu aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, mamlakatda qimmatbaho metallar bozori faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamda jahon tajribasi va amaliyotidan kelib chiqib qilinmoqda.
Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Esdalik tangasining og‘irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‘rsatilgan parametrlardan 0,01 grammga farq qilishi mumkin.
Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan.
Mazkur esdalik tangalar ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi. Tangalar “PROOF” sifatiga muvofiq tayyorlangan.
Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.




Eslatib o‘tamiz, avvalroq qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarni sotish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangandi.
Mavzuga oid
11:46 / 22.05.2026
500 ming so‘mlik yangi banknot haqidagi xabarlar asossiz - Markaziy bank
10:32 / 16.05.2026
Bankomatda muammoga uchragan mijoz sarson bo‘lmasligi kerak - Markaziy bank
07:50 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda
11:34 / 30.04.2026