Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi yong‘inlardan ko‘rilgan ziyon “milliardlab dollarlar”ga baholandi
AQSh ichki ishlar vaziri Rayan Zinke Kaliforniya shtati tarixidagi eng vayronkor o‘rmon yong‘inlaridan ko‘rilgan zarar milliardlab dollarlarni tashkil qilishini ma'lum qildi. Zinke bu haqda yong‘in oqibatida butkul yo‘q bo‘lgan Paradays shahriga safari yakunlariga ko‘ra aytdi.
Zinkening aytishicha, ayni vaqtda federal hukumat yong‘in tufayli uyini yo‘qotganlarga 20 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratdi. Yong‘in boshlangan Byutt okrugi sherifi Kori Xonea ma'lumotlariga ko‘ra, shtat shimolidagi yong‘inda 88 kishi halok bo‘lgan.
Mutasaddi idoralar bedarak yo‘qolgan odamlarni qidirishni davom ettirmoqda va ular bilan nima yuz berganini aniqlashga harakat qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, 8 noyabrda boshlangan yong‘inda 13 mingdan ko‘proq uy yo‘q bo‘lgan.
25 noyabrda yong‘in to‘liq bartaraf etilgani ma'lum qilingan. Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in 620 kvadrat kilometr maydonni qamrab olgan.