Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatishda litsenziya berish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 4-banddagi “5 yil” so‘zlari “cheklanmagan” so‘zi bilan almashtiriladi.
2. 5-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shiladi:
“maktabgacha ta'lim bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta'lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni Maktabgacha ta'limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish.”;
sakkizinchi – o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi – o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblanadi.
3. 26-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shiladi:
“Maktabgacha ta'limni boshqarishning axborot tizimida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta'lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotning mavjud emasligi nodavlat maktabgacha ta'lim faoliyati uchun berilgan litsenziyani to‘xtatish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.”.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

19:48 / 13.06.2025
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri

13:44 / 07.06.2025
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi

10:52 / 30.05.2025
Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi

15:26 / 19.05.2025