Özbekistonda 2018 yilgi paxta mavsumi davomida 200dan ortiq turli darajadagi davlat amaldorlari va mulozimlariga intizomiy çoralar qöllanilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev XMT tomonidan taşkil etilgan tadbirda şu haqda bayonot berdi. U, şuningdek intizomiy jazo çoralarini jiddiylaştiriş, xususan, qonunbuzarlikka yöl qöygan amaldorga solinadigan jarima miqdorini keskin oşiriş ustida hujjat loyihasi işlab çiqilayotganini bildirdi, deb xabar qilmoqda tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri. 

Xalqaro mehnat taşkilotiga köra, Özbekiston iqtisodiyotida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning biri paxta terganlik uçun tölanayotgan haq miqdorini oşiriş va turli bosqiçdagi terim şaroitlari orasida farq bölganligi uçun bir kg paxta uçun turliça tölov belgilangani böldi. Terim uçun tölov şkalasi 2018 yilda yanada takomillaştirildi, ya'ni mehnat resurslari yetişmagan va hosildorligi past bölgan hududlarda terganlar uçun qöşimça rağbatlar taqdim etildi.

2018 yilda hukumat işonç telefonlari orqali 2 500dan ortiq murojaatlar kelib tuşdi. Köp hollarda mehnat huquqlari buzilişida aybdor deb topilgan mansabdor şaxslar, hokimlar va davlat taşkilotlari rahbarlariga nisbatan intizomiy va ma'muriy çoralar körildi. Bunday çoralar işdan ozod etiş, hayfsan va jarimalardan iborat böldi.

Taşkilotning qayd etişiça, Özbekiston paxta xomaşyosini qayta işlovçi va özini töqimaçilik sanoati işlab çiqaruvçisi sifatida namoyon qila boşlagan. 

«Bularning hammasi ijobiy özgarişlardir, -  deydi Beate Andreyes. – Işlab çiqarişda töliq iş kunli, doimiy va munosib şaroitlarga ega iş joylarini yaratiş paxta mavsumida işçi kuçiga bölgan keskin ösadigan talabni birmunça qisqarişiga yordam beradi, ilgarilari terim davomida uşbu talabni qondiriş asnosida adolatsiz işga yollaş amaliyotlariga yöl qöyilar edi».  

Uning aytişiça, köp joylarda xalqaro töqimaçilik korxonalari tomonidan yaxşi mehnat standartlarini qöllaş va ilğor xorij tajribasini amaliyotga joriy qilişga guvoh bölinmoqda. «Şu bois, Özbekistonda ham bunday işlarni amalga oşirilmasligiga sabab körmayapman», – deydi XMT vakili. – Hali ham qilinadigan işlar talaygina. Ammo Özbekiston yuqori ambitsiyali islohotlarning keyingi bosqiçini amalga oşirişda xalqaro hamjamiyat tomonidan, xususan hukumatlar, sarmoyadorlar, töqimaçilik sanoati va fuqarolik jamiyati tomonidan qöllab-quvvatlanişiga arzişini isbotlab berdi».

Ma'lumki, Xalqaro mehnat taşkiloti 2014 yildan buyon Özbekiston hukumati bilan hamkorlikda «Mamlakat munosib mehnat kompleks dasturi»ni amalga oşirib kelmoqda. Uşbu dastur doirasida paxta yetiştiriş sohasi bilan bir qatorda, bandlik va yollaş siyosati, mehnat inspeksiyalari va boşqaruvi, mehnat huquqi, mehnat muhofazasi, ijtimoiy muloqot hamda kasaba uyuşmalari va iş beruvçilar uyuşmalarini salohiyatini kuçaytiriş masalalari qamrab olingan.