Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkmanistonni majburiy mehnatni rag‘batlantiruvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi
O‘zbekiston ikkinchi darajali guruhda qoldi. Ya’ni unda «odam savdosi»ga qarshi kurash me’yorlariga to‘liq rioya qilinmayapti, ammo hukumat «vaziyatni to‘g‘rilash uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda».
Foto: turkmen.news
AQSh Davlat departamenti Turkmanistonni «odam savdosi»ning har qanday turlarini, xususan, majburiy mehnatni rag‘batlantiruvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi, deb xabar berdi Centralasia.
Qo‘shma Shtatlarda odam savdosining ikki asosiy shakli tan olinadi: jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosi va majburiy mehnat.
Tahlilchilar turli davlatlardagi vaziyatni o‘rganib, ularni bir necha toifalarga ajratadi. Masalan, hukumatlari odam savdosiga qarshi kurash standartlariga rioya qiladigan mamlakatlar ro‘yxati bor; boshqasi - bunday salbiy hodisalarni yo‘q qilish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshiradigan davlatlar va boshqalar.
Davlat departamenti qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligida majburiy mehnat, lagerlarda jinsiy qullik yoki bolalarni askarlikka yollash siyosati yoki modeli qo‘llaniladigan davlatlar ro‘yxatini alohida shakllantiradi. 2024 yilgi hisobotda Turkmaniston ushbu toifaga kiritilgan edi.
Endi esa u alohida kuzatuv o‘rnatilishi kerak bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, tegishli reyestrga Markaziy Osiyoning yana bir mamlakati - Qirg‘iziston ham kiritilgan. Mintaqaning boshqa respublikalari, jumladan, O‘zbekiston ikkinchi darajali guruhga kirdi. Ya’ni unda «odam savdosi»ga qarshi kurash me’yorlariga to‘liq rioya qilinmayapti, ammo hukumat vaziyatni to‘g‘rilash uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, «eng yomon» ro‘yxatdagi davlatlar soni saqlanib qoldi - 13 ta. Shu bilan birga, bitta o‘zgarish qayd etildi: Turkmaniston Kambodjaga almashtirildi. Afg‘oniston, Belarus, Xitoy, KXDR, Eron, Rossiya, Eritreya, Sudan, Janubiy Sudan, Kuba, Myanma va «Bashar Asad rejimi» belgisi bilan ko‘rsatilgan Suriyada vaziyat o‘zgarmadi.
2025 yilgi hisobotda O‘zbekiston davlat xizmatchilarining odam savdosiga ko‘maklashgani uchun javobgarlik kuchaytirilgan mamlakat sifatida alohida tilga olinadi. Ma’ruzachilar 2022 yilda respublikada bolalar uyi direktori va muassasa tarbiyalanuvchilarini jinsiy ekspluatatsiya qilgani aniqlangan ikki amaldor qamoq jazosiga hukm etilganini eslatdi. «Garchi jinoyatchilarga Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilganidan ham yengilroq jazo tayinlangan bo‘lsa-da», deb qo‘shimcha qildi AQSh Davlat departamenti tahlilchilari.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38