Jahon | 10:46 / 28.11.2018
7235
1 daqiqa o‘qiladi

NATO a'zosi bo‘lgan mamlakat armiyasini birinchi marta ayol kishi boshqaradigan bo‘ldi

Foto: Bruno Toič, MORS

General-mayor Alenka Erments Sloveniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlandi. U bu lavozimni egallagan birinchi ayolga aylandi, deb xabar qilmoqda BBC News.

Ta'kidlanishicha, Alenka Erments 1991 yildan buyon respublika qurolli kuchlari safida xizmat qiladi. 2009 yilda u Londondagi Qirollik harbiy kollejini tamomlagan va magistr darajasini olgan. 2018 yilning noyabrida unga general-mayor unvoni berildi.

Bundan avval Erments bosh shtab boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimini egallagan. Sloveniya qurolli kuchlari sobiq rahbari general-mayor Alan Feder mamlakat hukumati qarori bilan ishdan olindi. Tegishli taklif mudofaa vaziri Karl Eryavts tomonidan berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina va NATO «Rossiya tajovuzkorligi tufayli» komissiya majlisini zudlik bilan chaqirishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid