Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va NATO «Rossiya tajovuzkorligi tufayli» komissiya majlisini zudlik bilan chaqiradi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukraina-NATO komissiyasi favqulodda majlisini chaqirishga kelishib oldilar. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilmoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, komissiya majlisi zudlik bilan «Rossiya tajovuzkorligi tufayli» chaqiriladi. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansi rahbari va Ukraina yetakchisi Moskvaning «kutilmagan harakatlaridan» so‘ng mintaqaviy xavfsizlik masalasini muhokama qilishgan.
Poroshenko, shuningdek, Ukraina kemalari va ekipajini ozod etish maqsadida Rossiyaga xalqaro bosimni kuchaytirishga chaqirdi, deyiladi materialda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Washington Post Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:34 / 10.07.2026