Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident polkovnikka avtomashina, harbiy xizmatchilarga planshetlar sovg‘a qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirilgan bo‘linmalarning maxsus-taktik mashqlarini kuzatgani xabar qilingandi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev poligon yonidagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlarni, qurol-aslaha va texnikalarni ham ko‘zdan kechirgan. Mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan maqsad mamlakat xavfsizligini mustahkamlash, xalq tinchligini ta'minlash ekanini ta'kidladi.
Vatanparvarligi, professionalligi bilan alohida namuna ko‘rsatgan polkovnik Qodir Tursunovga avtomashina, harbiy xizmatchilarga planshetlar sovg‘a qilindi, deyiladi xabarda.


Qayd etilishicha, shu yerda harbiy-ma'muriy sektorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mavzuga oid
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
13:02 / 02.06.2026
Prezident maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
13:00 / 02.06.2026