Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Quacquarelli Symonds (QS) kompaniyasi örtasida mahalliy universitetlarning WUR (World University Rankings – jahonning eng yaxşi universitetlari reytingi)ga kirişiga oid strategik kelişuv imzolandi. Kun.uz muxbiri şu haqida xabar berdi.

Prezidentning 2019 yil 26 fevraldagi Özbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi pozitsiyalarini oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisidagi qarori, şuningdek, “Ilm-fan – 2020” dasturi ijrosini ta'minlaş maqsadida oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov hamda QS mintaqaviy direktori Zoya Zaytseva universitetlarning QS versiyasi böyiça WUR’ga kirişini qöllab-quvvatlaşga oid strategik kelişuvni imzolaşdi.

Mazkur kelişuv doirasida QS Intelligence Unit metodologiyaga izoh berişda kömak körsatadi, şu bilan birga, jamoa QS’ning oçiq va yopiq ma'lumotlaridan foydalanib, universitetlarning global, mintaqaviy va fanlar darajasidagi natijalarini körib çiqadi. Uşbu tahlil strategik va salohiyatli yutuqlar zonalarini belgilaş imkonini beradi hamda asosiy körsatkiçlar  böyiça kuçli va zaif tomonlarni asoslab beradi.  

   

Natijalar Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining strategik yönalişiga muvofiq taqdim etiladi.

QS World University Rankings — global tadqiqot va uning natijasida ilm-fan sohasidagi yutuqlar körsatkiçlari böyiça tuziladigan  jahonning eng yaxşi universitetlar reytingi. Reyting Britaniyaning Quacquarelli Symonds (QS) konsalting kompaniyasi metodikasiga muvofiq hisoblanadi va dunyoning eng nufuzli universtetlar reytinglaridan biri hisoblanadi.                               

Universitetlarning xalqaro reytinglarga kirişi oliy ta'lim muassasalarining rivojlangan ilmiy-tadqiqot salohiyatga ega muassasalarga aylanişini közda tutadi.

Universitetlarning ilmiy salohiyati Scopus ilmiy ma'lumotlar bazasini qöllovçi yetakçi reyting agentliklari tomonidan ölçanadi.

Ma'lumot uçun: Quacquarelli Symonds – ilm-fanga ixtisoslaşgan Britaniya kompaniyasi. Kompaniyaga 1990 yilda Nunsio Kvakvelli tomonidan asos solingan.