O‘zbekiston | 15:31 / 29.11.2018
54008
3 daqiqa o‘qiladi

Beeline abonentlarga muhim murojaat bilan chiqdi

Beeline uyali aloqa operatori abonentlarni firibgarlik holatlaridan ogohlantirdi.

“Sizdan hushyor bo‘lishingizni va bunday voqealar haqida bizga xabar berishingizni so‘raymiz. Xususan: 

- agar siz xalqaro qo‘ng‘iroqni qabul qilgan bo‘lsangiz, lekin kiruvchi qo‘ng‘iroqda Beeline yoki boshqa operator raqami aniqlangan bo‘lsa, bizga xabar bering;

- Siz yutuq haqida SMS-xabar oldingiz va jo‘natuvchi sizdan har qanday xatti-harakatlarni bajarishingizni so‘ramoqda (xabar yuborish, qo‘ng‘iroq qilish va h.k.);

- Sizga noma'lum raqamdan qo‘ng‘iroq qilishdi, o‘zlarini operator deb tanishtirib, sizdan qo‘ng‘iroq qilishni yoki boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirishni so‘rashdi;

- Sizning raqamingizga, noma'lum xorijiy raqamdan qo‘ng‘iroqni qabul qildingiz (va kimligini bilmayapsiz);

- Sizdan ijtimoiy tarmoqlar akkaunti va har qanday pochta xizmatlari bo‘yicha blok holatidan ochish uchun sms yoki qo‘ng‘iroq qilishni talab qilishmoqda”, deyiladi murojaatda.

Ogohlantirilishicha, firibgarlik oqibatida hisobdan mablag‘ olib qo‘yilishi, shaxsiy ma'lumotlar tarqatilishi mumkin.

Kompaniya abonentlar bunday holatlarning oldini olish uchun yordam berishi mumkinligini, bu esa firibgarlarni aniqlashda, keyinchalik ular jiddiy javobgarlikka tortilishlarini bildirgan.

Kompaniya bunday voqea yuz bergan bo‘lsa, unda birinchi navbatda nima qilish kerakligi borasida yo‘riqnoma bergan. 

“Shubhali manbalarga va shaxslarga ishonmang va mablag‘laringiz yechilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni amalga oshirmang;

- hech kimga parol va shaxsiy ma'lumotlarni bermang, hattoki qo‘ng‘iroq qiluvchi davlat organi xodimi, bank yoki boshqa muassasalar xodimi bo‘lsa ham;

- har qanday qulay tarzda, bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga bog‘laning”, deyiladi yo‘riqnomada.

Mavzuga oid