Jahon | 12:20 / 29.11.2018
6481
2 daqiqa o‘qiladi

YeI: Turkiya vizasiz rejim uchun mezonlarni bajarishga yaqin

Foto: Murad Sezer/AP

Anqara va Bryussel Shengen hududi bilan vizalarni bekor qilish uchun zarur bo‘lgan 72ta mezon bo‘yicha muloqotni yakunlashga juda yaqin turibdi. Bu haqda immigratsiya, ichki ishlar va fuqarolik masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos Yevropa ittifoqi hamda Turkiya o‘rtasida viza rejimini soddalashtirishga doir muzokaralar haqida izoh berib, ma'lum qildi

«Biz 72ta mezonni bajarish jarayonini yakunlashga juda yaqinmiz. Turkiya hukumati uni yaqin vaqt ichida yakunlashga qat'iy qaror qilgan», - dedi Avramopulos.

Yevrokomissar so‘zlariga ko‘ra, vizasiz rejimni joriy etish masalasida «ijobiy signallar» mavjud. Avramopulosning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya hukumati bajarishi lozim bo‘lgan 72ta shartdan yettitasi qoldi.

Bryussel vakilining bildirishicha, YeI Turkiyani strategik sherik sifatida ko‘rishda davom etadi.

Shuningdek, Avramopulos terrorizmga qarshi kurash sohasida Turkiya va YeI o‘rtasidagi hamkorlikning muhimligini ta'kidladi. 

Mavzuga oid