Jahon | 10:48 / 29.11.2018
3174
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Estoniyada yirik kibermashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Foto: EPA

NATO Estoniyada yirik kibermashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti alyans matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, mashg‘ulotlar davomida kibermakonda harbiy amaliyotlar sinovdan o‘tkaziladi.

Xabarga ko‘ra, Tartu shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Kiberkoalitsiya» mashqlari Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlarida kibermudofaa bo‘yicha mutaxassislarini tayyorlash va ularning NATO hamda milliy tarmoqlarni himoya qilish qobiliyatini sinab ko‘rishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO a'zosi bo‘lgan mamlakat armiyasini birinchi marta ayol kishi boshqarishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid