Jahon | 11:44 / 29.11.2018
15026
2 daqiqa o‘qiladi

Putin yangi farmonni imzoladi. Aeroportlarga taniqli shaxslar nomi beriladi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin aeroportlar, dengiz portlari va temir yo‘l stansiyalariga mashhur shaxslar nomini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqida huquqiy ma'lumot rasmiy internet-portalida xabar berilgan.

Ta'kidlanishicha, bundan maqsad ko‘zga ko‘ringan rossiyalik arboblar xotirasini abadiylashtirish.

Rossiyaning 47 aeroporti yangi nomlarni oladi. Shu bilan birga, rossiyaliklar RFning istalgan shahridan har qanday aeroport uchun ovoz berishlari mumkin. Ta'kidlab o‘tish lozimki, har bir ishtirokchi faqat bitta nom va bitta aeroportni tanlash huquqiga ega.

«Rossiya buyuk nomlari» yakuniga yetgan tanlovi doirasida 37,6 ming respondent so‘rovdan o‘tkazildi.

Rossiyaliklar buyuk shaxslar nomini aeroportlarga berish bo‘yicha so‘rovda ko‘proq SSSR marshali Georgiy Jukov, aviakonstruktor Andrey Tupolev va kimyogar Dmitriy Mendeleyevni tilga olishgan, deya ma'lum qildi Jamoatchilik fikrini o‘rganish Butunrossiya markazi rahbari Valeriy Fyodorov.

Uning eslatishicha, buyuk shaxslarning nomlarini 39 mintaqadagi 47 aeroportga berish taklif etilmoqda. 

- Ko‘proq Georgiy Konstantinovich Jukov tilga olindi - beshta aeroportda. Undan keyin Tupolev va Mendeleyev; ushbu shaxslarning nomlari beshta aeroportga nomzod bo‘ldi, - dedi Fyodorov.

Rossiyaliklar yana to‘rtta aeroportni olim Sergey Korolyov, shoir Aleksandr Pushkin, imperator Petr I va geolog Farmon Qurbon o‘g‘li Solmonov sharafiga nomlashni taklif etishgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid