Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning samolyotiga aeroportda shikast yetdi
AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli xususiy samolyotga Nyu-York yaqinidagi La-Guardiya aeroportida shikast yetdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Manbalarning ma'lum qilishicha, boshqa bir samolyot to‘xtash joyiga harakatlanayotganda Trampning Boeing 757 samolyoti qanotiga tegib ketgan. Hech kim jabrlanmagan.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Trampning samolyotiga tegib ketgan samolyot Bombardier Global Express bo‘lgan.
Bu orada Oq uy matbuot xizmati va Trump Organization kompaniyasi ushbu voqeaga hozircha izoh bermagan. Biroq Nyu-York va Nyu-Jyersi havo va dengiz portlari boshqarmasi samolyotlar to‘qnashganini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026