15:31 / 29.11.2018
7618
Reklama

O‘zbekistonda ilk bor: «Ong ostidagi boylik va kambag‘allik» mavzusida ma'ruzalar

Mashhur tadbirkor, shaxsni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro biznes-loyiha muallifi, 30 dan ortiq bestseller asarlar muallifi, bir necha yirik kompaniyalar investori – Shamil Alyautdinov ishtirokidagi bu tadbir o‘zbek kitobxonlari, tadbirkorlar uchun katta voqea bo‘lishi aniq.

Prezidentimizning 2017 yil 13 sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi PQ-3271-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bugungi kunda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu talab etilgan kitob mahsulotining nashr etilishidan to o‘quvchi qo‘liga yetib borishga bo‘lgan barcha sohadagi katta ijobiy o‘zgarishlarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Rossiyaning «Rossiya eksport markazi» AJ tomonidan joriy yilning 2 dekabr kuni o‘tkazadigan bir kunlik seminar ham shu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.

Rossiyalik mashhur tadbirkor, shaxsni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro biznes-loyiha muallifi, 30 dan ortiq bestseller asarlar muallifi, Rossiyadagi bir necha yirik kompaniyalar investori – Shamil Alyautdinov ishtirokidagi mazkur tadbir o‘zbek kitobxonlari, biznes va tadbirkorlik sohasida faoliyat ko‘rsatadigan mualliflar, qolaversa, tadbirkorlar uchun katta voqea bo‘lishi aniq.

Tadbir «Zamonaviy uylar» – «Sovremennyye doma» reklama-axborot jurnali va «KnigaSale» internet do‘koni axborot hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tadbir bo‘lib o‘tadigan vaqt: 2018 yil 2 dekabr, soat 10:00 dan 18:00 gacha

Tadbir bo‘lib o‘tadigan manzil: International Hotel Tashkent mehmonxonasi (Amir Temur ko‘chasi, 107A-uy)

Telefon: +99897 7406500

Sayt: www.savabevent.com

Reklama huquqi asosida

Top