Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi auksionda Oy tuprog‘i va “kosmik” shaxmat sotildi
Foto: Sotheby's
Yerga 1970 yilda sobiq ittifoqning “Luna-16” avtomatik stansiyasi tomonidan yetkazilgan Oy tuprog‘i fragmentlari Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksion uyida 855 ming dollarga sotildi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu lot 700 mingdan 1 mlngacha baholangan.
Sotilgan tuproq namunasi rus tilidagi “Luna-16 tuprog‘ining zarralari” yozuvi bo‘lgan metall qutiga joylashtirilgan. Qutida kattalashtiruvchi oyna bo‘lib, u oyna ostidagi zarralarni yaxshiroq ko‘rishga imkon beradi.
Ushbu tuproq namunalari uning egasi tomonidan savdoga qo‘yildi. U tuproqni 1993 yilda auksionda sotib olgan. Auktsion uyining ta'kidlashicha, bu tuproq jismoniy shaxsga rasman berilgan yagona Oy tuprog‘i namunasi hisoblanadi.
Sotilgan tuproq sobiq ittifoq koinot dasturining rahbari Sergey Korolyovning rafiqasi Nina Korolyovaga tegishli bo‘lgan. Ittifoq rahbariyati uni Korolyovaga turmush o‘rtog‘ining ulkan xizmatlari uchun minnatdorlik ramzi sifatida topshirgan.
Auktsionda, shuningdek, 1963 yilda birinchi ayol fazogir Valentina Tereshkova o‘z parvozini bajargan “Vostok-6” kemasining ovoz registratori, Tereshkovaning parvoz vaqtidagi muloqotlari yozilgan 8 ta audiokasseta sotuvga qo‘yilgan.
Savdolar vaqtida ilk fazogir Yuriy Gagarinning dastxati tushirilgan uning “Doroga v kosmos” deb nomlangan kitobi, vaznsizlikda o‘ynash uchun mo‘ljallangan kosmik “shaxmat” ham sotilgan.
Mavzuga oid
15:42 / 05.02.2026
Yer auksioni bo‘yicha qalbaki hujjat tayyorlagan shaxs ushlandi
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025