«Made in Uzbekistan»: Tashqi savdo vazirligi ko‘rgazma faollarini taqdirladi (fotojamlanma)

27 noyabr kuni Toshkent shahrida start berilgan birinchi «Made in Uzbekistan» eksport ko‘rgazma-yarmarkasi bugun, 30 noyabr kuni o‘z yakuniga yetdi. Tashqi savdo vazirligi rahbari Jamshid Xodjayev ko‘rgazmaning eng faol va yorqin ishtirokchilariga sertifikat hamda mukofotlarni topshirdi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Eng innovatsion stend sifatida “Daiichi” kompaniyasi e'tirof etildi.
Eng ko‘p odam to‘plagan stend nominatsiyasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi g‘olib deb topildi.
Eng ko‘p axborot ulashuvchi stend nominatsiyasida “O‘zneftmahsulot” tengsiz deya e'tirof etildi.
Eng keng assortiment nominatsiyasida esa "Artel Engineering and Management" birinchilikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zatosanoat” AJ va “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tashkiliy ishlardagi ko‘magi uchun taqdirlandi.
Jamshid Xodjayev ko‘rgazmaning barcha ishtirokchilarini qutlar ekan, kichik biznes vakillariga ularning g‘oyalari va tashabbuslari uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakili Anvar Boboyevning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, ushbu ko‘rgazma-yarmarka mahalliy ishlab chiqaruvchilar salohiyatini namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
«Made in Uzbekistan» nomi ostidagi ko‘rgazma o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini namoyish qilish uchun juda yaxshi maydon vazifasini o‘tadi, ya'ni ko‘plab chet ellik tadbirkorlar, katta korxonalar va mehmonlar bir joyda jamlandi. Korxonalar mahsulotlarini viloyatlarga borib ko‘rmasdan, ularni bir joyda ko‘rish imkoni berildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati o‘zining zargarlik va to‘qimachilik mahsulotlari, turli texnikalari – chilangar stanoklari, frezer stanoklari va boshqa uskunalari bilan qatnashdi va xorijiy ishbilarmonlarning e'tiborini jalb qildi. Ko‘rgazma doirasida xorijlik tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishdik», - deydi u.
Ta'kidlash joizki, «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasida innovatsion texnologiyalardan tortib, to milliy hunarmandchilik mahsulotlarigacha namoyish etildi. Bir necha kun davom etgan yarmarka nafaqat xorijiy ishbilarmonlar, balki mahalliy aholi orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Xususan, ko‘rgazmaning uchinchi kuniga kelib, unga tashrif buyuruvchilarning umumiy soni 2 mingdan oshdi. Ularning 1200 dan ziyodini mahalliy aholisi tashkil etgan bo‘lsa, 800 nafardan ortig‘i xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan vakillar bo‘ldi.
Quyida ko‘rgazma zallari bo‘ylab fotosayohatga taklif etamiz.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

09:38 / 26.04.2025
Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning asarlari Olmaotada namoyish etiladi

17:40 / 03.12.2024