22:16 / 30.11.2018
6657

Messi Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

UYeFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turi yakuniga ko‘ra, eng yaxshi futbolchilarni e'lon qildi.

Muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada «Barselona» hujumchisi Lionel Messi eng ko‘p ovoz to‘pladi. U PSV (2:1) klubiga qarshi o‘yinda gol urgan edi. Qayd qilish joizki, futbolchi joriy mavsumda uchinchi marta haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Messidan tashqari, sovringa «Bavariya» yarimhimoyachisi Aren Robben, «Lion» hujumchisi Maksvell Korne va «Napoli» to‘purari Dris Mertens ham da'vogarlik qilgan edi.

Mavzuga oid
Top