Jahon | 09:20 / 30.11.2018
11742
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya yangi davrda ilk marta Isroil samolyotini urib tushirganini ma'lum qildi, isroilliklar bu ma'lumotni rad etdi

© AFP 2018 / Jack Guez

Suriya xavfsizlik xizmati Damashq yaqinidagi al-Kisva aholi turar joy punkti hududida Isroilning bir samolyoti va to‘rt raketasini urib tushirganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, Isroil raketalari nishonga yetib bormagan.

«Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz aniqlik bilan harakatlanib, dushman maqsadlarini yo‘q qildi», – degan manba.

Suriya televideniyesi jonli efirda Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi ishini translyatsiya qilgan.

Isroillik harbiylar esa bu ma'lumotlarni rad etmoqda.

«Isroil samolyoti yoki raketalar yo‘q qilingani haqidagi ma'lumot asosga ega emas», demoqda Isroil armiyasidagi manba.

Isroilliklar keyingi 2 yil davomida Suriyadagi Eron obektlariga 200 marta hujum uyushtirganini tan olgan. 

Qayd etish kerakki, Rossiyaning razvedkachi Il-20 samolyoti Isroil samolyotlarining Suriyaga hujumi vaqtida suriyaliklar tomonidan adashib yo‘q qilingani ortidan Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari S-300 zenit-raketa kompleksi bilan ta'minlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid