Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Iordaniya Tashqi ishlar vazirliklari birinchi siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazadi
2018 yilning 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati ko‘rib chiqilgan va turli jabhalardagi O‘zbekiston – Iordaniya munosabatlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Jumladan, 2019 yilda birinchi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish hamda savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tuzilmalarni birgalikda tashkil etish, ikki davlat ishbilarmon doiralarining aloqalariga tizimlilik tusini berish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqilgan.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikka, Iordaniya turistlarining O‘zbekistondagi islomiy qadamjolarni ziyorat qilishlari uchun qulayliklar yaratishga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:53 / 10.03.2026
Eron Iordaniyadagi bundesver dala lageriga yana hujum qildi
20:56 / 06.03.2026
Eron AQSh bazalaridagi HHM tizimlari radarlariga zarba berishga urg‘u qaratmoqda
12:21 / 05.03.2026
O‘zbekiston prezidentining Iordaniyaga tashrifi kutilmoqda
10:51 / 02.03.2026