09:00 / 01.12.2018
17421
Reklama

Artel bilan yaqinlaringizga quvonch baxsh eting

Qish fasli yurtimizga kirib kelib, qir-u adirlar, tog‘-u toshlar oq rangga burkanganida barchamizning xayolimiz ushbu faslning yaqinlashib kelayotgan eng kutiladigan bayrami - yangi yil haqida bo‘ladi.  Yangi yil o‘lkamizning eng quvonchli, katta-yu kichikka shodlik baxsh etadigan eng mo‘'jizaviy bayramlaridan biridir. Yaqinlar bilan birgalikda bir dasturxon atrofida o‘tirib aytiladigan tabriklar, samimiy tilaklar va shodlik ulashadigan sovg‘alar yangi yilning ajralmas, asosiy qismi hisoblanadi.

Yaqinlaringiz bilan quvonch ulashishingiz, yangi yil bayramida ularni shod qilishingiz uchun Artel kompaniyasi 15 dan ortiq turli komplektatsiyaga ega bo‘lgan televizorlarni ishlab chiqargan.

Oson ishlating

Artel televizorlari tushunarli interfeysga ega va ularni boshqarish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ushbu televizorlar 24 dyuymdan (60sm) boshlab 75 dyuymgacha (191sm) bo‘lgan diagonalga ega.

Artel televizorlarining asosiy ustunligi shundaki, ularning barchasi raqamli hamda yo‘ldoshli televideniyega ulanadigan 2 tyuner bilan jihozlangan. Tyunerlar oldindan o‘rnatilganligi sababli, endilikda raqamli yoki yo‘ldoshli  tyunerlarga qo‘shimcha mablag‘ sarflash umuman shart emas.

Artel televizorlari o‘zlarida qulay boshqarish tizimini va yuqori funksionallikni mujassamlagan. Deyarli barcha Artel televizorlariga PVR raqamli efirni yozib olish, Timeshift, Noise Reduction shovqinni bosish tizimi hamda ota-ona nazorati funksiyalari o‘rnatilgan.

PVR raqamli efirni yozib olish  funksiyasi yordamida yaqinlaringiz zarur bo‘lgan ko‘rsatuv yoki sport matchini osongina yechiladigan xotira uskunalariga ko‘chirib olishlari va qulay vaqtda tomosha qilishlari mumkin. Timeshift funksiyasi esa jonli efirni to‘xtatish hamda ishlarni bajarib bo‘lgach to‘xtagan joydan tomosha qilish imkoniyatini beradi.

Oilangiz bilan tomosha qiling

Artel korxonasi HD formatiga ega bo‘lgan 24, 28 hamda 32 dyuymlik televizorlarni ishlab chiqaradi. Ushbu televizorlar o‘zining ixchamligi bilan ajralib turadi va kichik xona yoki oshxona uchun a'lo darajada mos keladi.

Oila davrasida ko‘rsatuvlarni qulaylik bilan tomosha qilish uchun 43 dyuym (109 sm) va undan-da katta diagonalga ega bo‘lgan Artel televizorlari to‘g‘ri keladi. 43 dyuymlik televizorlarning tasvir formati Full HD, ekranlarining o‘lchami esa 1920×1080 ga tengdir. Full HD formati yuqori tiniqlikka ega bo‘lib, standart tasvirga qaraganda 5 marta tiniqroq, yorqinroq va rangdorroq hisoblanadi.

Alohida aytib o‘tish lozimki, Artel televizorlari o‘ta yuqori darajadagi tiniqlikka ega bo‘lgan Ultra HD formatida ko‘rsatadi. Ushbu televizorlarning ekran o‘lchami 3840×2160 ga teng bo‘lib, ular 1 milliondan ortiq ranglarni tuslay oladi va ekrandagi tasvirni haqiqatdan ajratib bo‘lmaydigan qilib aks ettiradi.

Internetning barcha imkoniyatlari sizning televizoringizda

Smart televizorlarini aqlli televizor deb ham atashadi. Ushbu televizorlar internetga simli ADSL yoki simsiz Wi-Fi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi. Smart TV televizorlari yordamida har qanday kino yoki ko‘rsatuvni internet orqali topish mumkin, bundan tashqari Smart televizorlarida qo‘shiq eshitsa, turli o‘yinlar o‘ynasa yoki dasturlardan foydalansa bo‘ladi. Endilikda internetning barcha imkoniyatlari sizning televizoringizda.

Yangi yil – haqiqiy mo‘'jizalar, xursandchilik va quvonch payti. Yangi yil bayramini oilangiz davrasida shodlik bilan kutib oling va Artel televizorlarida sevimli ko‘rsatuvlaringizni rohat bilan tomosha qiling.

Artel televizorlari uch yillik to‘liq bepul kafolatga ega. Kafolatdan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha joylashgan 33 dan ortiq servis markazlaridan biriga murojaat qilishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun artelgroup.org sayti va fb.com/arteluzb sahifasiga tashrif buyuring yoki +99878 148 88 88 qo‘ng‘iroq qiling.

Reklama huquqi asosida

Top