O‘zbekiston | 14:38 / 01.12.2018
9000
6 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha davlat markazi faoliyati takomillashtiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qishloq xo‘jalik va melioratsiya texnikalarini qo‘llanilishi reyestri to‘g‘risidagi nizom;

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazida qishloq xo‘jalik texnikalarini sinovini tezkor o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yangi sinov qurilmalari va o‘lchash vositalarining ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.

Markaz:

2019 yilning 1 oktabrigacha “O‘zstandart” agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Qishloq xo‘jalik va meliorativ texnikalarni tezkor sinovdan o‘tkazish sohasida standartlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi 2020 yil 1 yanvardan boshlab yangi tartibda sinovlarni o‘tkazilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qishloq xo‘jalik va melioratsiya texnikalarini qo‘llanilishi reyestri to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, reyestr quyidagi maqsadlarda yuritiladi:

akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida (markazlarda) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish sharoitlarida mos turdagi sinovlardan o‘tgan, yaratilayotgan va ishlab chiqarilayotgan, hamda import qilinayotgan, texnik normativ huquqiy hujjatlar talablariga javob beruvchi va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llanilishi tavsiya qilingan  yangi texnikani hisobini yuritish;

qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berish uchun texnikani tanlash;

texnika iste'molchilarini ularning turlari, sifati (asosiy tasniflari), respublikada ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchisi to‘g‘risidagi ma'lumotni ta'minlash.

Reyestrni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik texnikalari va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi tomonidan amalga oshiriladi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi Bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Reyestrga:

mos sinovlardan (qabul va malakaviy) shu sinovlarni o‘tkazishga vakolati bor akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) o‘tgan, amaldagi me'yoriy hujjatlar talablariga asosan ishlab chiqarilgan hamda import qilinadigan yangi texnika;

davriy sinovlardan o‘tgan va sinov natijalariga ko‘ra me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq Respublika korxonalarida seriyali ishlab chiqarilayotgan hamda tizimli ravishda import qilinayotgan texnikalar kiritiladi.

Shaxsiy maqsadlarda qo‘llash uchun, individual tartibda yakka ishlab chiqarilgan va import qilingan texnika Reyestrga kiritilishi majburiy emas deb hisoblanadi. Texnikani Reyestrga kiritilish Markazning ilmiy-texnik kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi. 

Texnikani Reyestrga kiritish uchun Markazga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining arizasi; yangi texnika uchun qabul komissiyasining dalolatnomasi; amaldagi me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq o‘rnatilgan seriyadagi texnikaning malakaviy sinov dalolatnomasi; “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan texnik shartlar; muvofiqlik sertifikati; sinovlarni o‘tkazishga vakolati bor akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) texnikalarning qo‘llanilishi va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazilgan qabul, malakaviy yoki davriy sinovlarning bayonnomalari; import qilinadigan va ishlab chiqarilayotgan texnikalarning ishlab chiqarish xajmi to‘g‘risida ma'lumotnoma.

Yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas.

Taqdim qilingan hujjatlar topshirilgan kundan boshlab bir oy muddatda Markazning ilmiy-texnik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Markaz ilmiy-texnik kengashi texnikani Reyestrga kiritish haqida qaror qabul qilganda, bu haqida arizachiga 10 kun muddatda xabar beradi.

Texnika Reyestrga 5 yil muddatga kiritiladi. Yil yakunida ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi, Reyestrga kiritilgan texnikaning ishlab chiqarilishi to‘g‘risida Markazga ma'lumot taqdim etadi, uning davriy sinovlardan o‘tkazilganligi, modernizatsiyasi, ishlab chiqarishni tugallanishi va (yoki) sertifikatlangan texnika ustidan inspeksiya nazorat dalolatnomasi taqdim qilib boradi. Ushbu Reyestr to‘g‘risidagi ma'lumotlar Markazga yuborilgan so‘rovnoma asosida beriladi. Bunda ma'lumotlarning tijorat siriga tegishli qismining maxfiyligiga rioya etilishi shart. Reyestrga kiritilgan texnika to‘g‘risidagi ma'lumotlar Markazning rasmiy veb-saytida e'lon qilinib boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid