Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gruziyadagi muxolifatchilarni "taslim bo‘lmaslikka" chaqirdi
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakatga qanday shartlarda qaytishini ma'lum qildi.
"Kerak bo‘lishim bilan, meni chaqirishingiz bilan Gruziyaga qaytaman va maqsadimizga erishish uchun sizlar bilan birgalikda kurashaman", — dedi u Tbilisi markazida yig‘ilgan muxolifat tarafdorlariga Skype orqali murojaat qilib.
Saakashvili Gruziyaning bunday holatiga qarab turolmasligini aytdi.
U shuningdek, saylovda mag‘lub bo‘lgan nomzod Grigol Vashadzening tarafdorlarini "taslim bo‘lmaslikka"va "oxirigacha kurashishga" chaqirdi.
Avvalroq Gruziyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida Salome Zurabishvili g‘alaba qozongandi. Uning raqibi Grigol Vashadze muxolifat saylov natijalarini tan olmasligini bildirdi va barchani manifestatsiya o‘tkazishga chaqirdi.
Mavzuga oid
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024